Isomiddin Yusupov, farmasevtika va menejment sohasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritaman. O‘z faoliyatimni farmaseft sotuvchilikdan boshlab, ofis menejeri lavozimigacha yetib kelganman. Har bir ishni puxta o‘rganishga, o‘z ustimda ishlashga va har doim yangiliklarga ochiq bo‘lishga intilaman.
Ishda intiluvchanlik, sadoqat va mas’uliyatni o‘zimga asosiy mezon deb bilaman. Kompyuter texnologiyalari, ofis dasturlari, internet orqali ishlash va jamoada hamkorlikda faoliyat yuritishda yuqori tajribam bor. Ayniqsa, vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish va doimiy rivojlanishga intilish – mening kuchli tomonlarimdir.