Men ta’limimni farmasevtika sohasida boshlaganman — 2015–2018-yillarda Andijon
tibbiyot kollejida farmasevt yo‘nalishida o‘qib, muvaffaqiyatli tamomlaganman. Bu davrda
dori vositalari, farmakologiya va bemorlar bilan ishlash bo‘yicha nazariy hamda amaliy
bilimlarga ega bo‘ldim.
Shundan so‘ng, 2019–2024-yillarda
Andijon Mashinasozlik institutining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari yo‘nalishida tahsil
oldim. Bu yo‘nalishda men buxgalteriya hisobi, menejment, marketing va iqtisodiy tahlil
bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘ldim.
Farmasevtika va iqtisodiyot
yo‘nalishidagi ikki bosqichli ta’limim menga sog‘liqni saqlash, savdo va boshqaruv
sohalarida malakali va moslashuvchan kadr sifatida ishlash imkonini beradi.